AI-Powered Security

Bank fraud tranzaksiyalarinierta aniqlash

FraudShield AI — sun'iy intellekt yordamida bank tranzaksiyalarini real vaqtda tahlil qiladi va firibgarlik operatsiyalarini avtomatik aniqlaydi.

"Moliyaviy firibgarlikni erta to'xtatish — mijoz va bank xavfsizligi uchun."

Xavfsiz
Real-time
Ishonchli
Soha:FinTech & Axborot xavfsizligi
Yo'nalish:Moliyaviy firibgarlikni kamaytirish
Muammo

1. Muammo va Yechim

Muammo

O'zbekistonda raqamli to'lovlar, mobil banking va onlayn kartadan foydalanish hajmi yildan-yilga keskin oshmoqda. Har kuni millionlab tranzaksiyalar amalga oshiriladi va firibgarlik operatsiyalarini qo'lda yoki faqat oddiy qoidalar yordamida nazorat qilish amalda imkonsiz bo'lib bormoqda.

Firibgarlar odatda quyidagi sxemalardan foydalanadilar:

Kartadan juda katta miqdorda pul yechish yoki boshqa hisob raqamga o'tkazish

1–2 daqiqa ichida ketma-ket kichik summalarda ko'p tranzaksiya qilish

Mijoz telefoniga kelgan SMS-kod yoki tasdiqlash ma'lumotlarini aldov yo'li bilan olish

Tungi vaqtda, noodatiy hudud yoki noodatiy qurilmadan operatsiya bajarish

Natijada:

Mijozlar o'z mablag'idan ayriladi

Banklar uchun moliyaviy yo'qotishlar oshadi

Mijoz ishonchi pasayadi va reputatsion xatarlar kuchayadi

Hozirgi amaliyotda ko'plab banklarda fraud monitoring:

  • Kechikkan (tranzaksiya tugagandan keyin ko'rib chiqiladi)
  • Qo'lda tekshirish va operator tajribasiga qattiq bog'langan
  • Faqat statik qoidalar (limitga qarab bloklash) bilan chegaralangan

Bu yondashuv yangi, murakkab firibgarlik ssenariylarini aniqlashga har doim ham yetarli emas va real vaqt rejimida qaror qabul qilishni ta'minlamaydi.

Biz ko'zlagan asosiy maqsad:

Firibgarlikni tranzaksiya paytida aniqlash
Mijoz mablag'ini himoya qilish
Bank risklarini kamaytirish

Yechim

Ushbu muammoni hal qilish uchun biz AI asosidagi "Fraud Detection System" ni taklif qilamiz. Tizim bank tranzaksiyalarini real vaqt rejimida tahlil qiladi va har bir operatsiya uchun firibgarlik ehtimolini hisoblaydi.

Machine Learning modeli (Random Forest)

Tranzaksiyaning turli xususiyatlari (miqdor, vaqt, balansdagi o'zgarishlar) asosida xavf darajasini baholaydi.

Katta miqdordagi tranzaksiyalarni avtomatik aniqlash

Foydalanuvchining odatiy harajatidan keskin farq qiladigan operatsiyalar flag qilinadi.

Ketma-ket ko'p tranzaksiyalarni kuzatish

Bo'lib-bo'lib yechish va 'anti-fraudni aylanib o'tish' sxemalarini ushlash.

Ko'p bosqichli verifikatsiya

Shubhali operatsiya aniqlanganda kartani vaqtinchalik bloklash va SMS-kod, yuzni tekshirish, mijozga qo'ng'iroq.

Natijada tizim:

Firibgarlik tranzaksiyalarini erta bosqichda to'xtatadi
Mijoz mablag'ini real vaqtda himoya qiladi
Bankning moliyaviy va reputatsion risklarini kamaytiradi
Fraud bo'yicha qo'lda tekshiruvlar sonini kamaytirib, xodimlar vaqtini tejaydi

Biz taklif qilayotgan yechim — bu nafaqat nazariy g'oya, balki amaliy, ishlayotgan AI modeli va real API bilan integratsiya qilinadigan tizim.

FRAUDSHIELD AI

Bank tranzaksiyalarida firibgarlikni sun'iy intellekt yordamida aniqlash tizimi.

Tezkor havolalar

Tashqi havolalar

© 2025 FraudShield AI. Barcha huquqlar himoyalangan.

base44
Edit with Base44